Bojxonachilar Turkmanistonga ikkita qadimiy bilaguzuk olib chiqishning oldi olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.
Voqea Xorazm viloyatidagi Shovot chegara postida sodir bo‘lgan.
Tekshiruv shuni ko’rsatdiki, bilaguzuklar 20-asr boshlarida nikel, mis, qalay va kumush aralashmasidan tayyorlangan.
Zargarlik buyumlari Xiva davlat «Ichan-qal’a» muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, qiymati 100 million soʻmgacha boʻlgan zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasidan deklaratsiya toʻldirmasdan olib chiqishga ruxsat berilgan edi.