O‘n oy ichida O‘zbekistonga 2022-yilga qaraganda ko‘proq rossiyaliklar kelgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvaridan oktabrigacha Oʻzbekistonga 628,9 ming rossiyalik kelishgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yili mamlakatimiz 567,7 ming Rossiya fuqarosini qabul qilgan.
O‘n oy yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga rossiyaliklarning asosiy qismi qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgan – 406,6 ming kishi, dam olish uchun – 205,6 ming kishi, ishlash uchun – 15,6 ming kishi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning birinchi yarmida Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni qariyb ikki barobarga oshib, 345 ming nafarga yetdi. Mamlakatimizga boʻlgan qiziqishning yuqori boʻlishiga reyslar sonining ortgani ham sabab boʻldi.
Avvalroq, «Kursiv» noyabr oyining uzoq dam olish kunlarida O‘zbekiston rossiyaliklar orasida eng mashhur uchinchi yo‘nalish bo‘lganini yozgan edi.