O‘zbekiston qirg‘iz asalini import qilishni boshlaydi

eʼlon qilindi
Tomonlar hamkorlik memorandumini imzolashdi
Foto: Piqsels.

Qirgʻiziston Oʻzbekiston Respublikasiga togʻ asalini eksport qilishni boshlaydi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi.

Yetkazib berish shartnomasini Qirg‘iziston savdo vakili Almaz Temirbekov va O‘zbekiston Respublikasi asalarichilik fermer xo‘jaligi vakili Shuhrat G‘aniyev imzoladi.

Tomonlar, shuningdek, qoʻshma savdo loyihalarini amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumini qabul qildilar.

Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston O‘zbekiston Respublikasi sut mahsulotlari bozorini rivojlantirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek