Bunyod Rajabov Xorazm viloyati Urganch shahriga yangi hokim etib saylandi, deb xabar qildi shahar hokimligi.
Rajabovni tayinlash to‘g‘risidagi qaror xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi.
Rajabov bunga qadar O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq, «Kursiv» Bekzod Shamshiev Toshkentning Yakkasaroy tumani prokurori etib tayinlangani haqida yozgan edi.