Yangiliklar

Dollarning kursi yana o‘sishga qaytdi

Otgan hafta uning qiymati 17,93 so‘mga pasaygan edi
Foto: Piqsels.

13-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati 12 281,14 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbek valyutasiga nisbatan uning kursi 11,03 so‘mga ko‘tarildi. Respublika banklari dollarni 12 210 – 12 270 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 300 – 12 335 so‘mdan sotishmoqda.

Otgan hafta, 10-noyabr kuni dollarning qiymati 17,93 so‘mga pasaygan edi.

Avvalroq, «Kursiv» 9-noyabr kuni AQSh valyutasi 8,97 so‘mga arzonlashgani haqida yozgan edi.