O‘zbekiston Afg‘oniston temir yo‘lini ta’mirlaydi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Afg‘oniston hududidan o‘tuvchi Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif uchastkasini yo‘lini ta’mirlashda yordam beradi. Tashkilot vakillari bu borada Afg‘oniston temir yo‘llari departamenti bilan kelishib oldi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».
O‘tgan haftada O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘ldi. Safar davomida ushbu mamlakat temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i Baxt-ar-Rahmon Sharafat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikning turli formatlarini muhokama qildilar.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kutganidek, Afg‘oniston temir yo‘llarini ta’mirlashda ishtirok etish kelgusida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Afg‘onistonga savdo yo‘lagini kengaytirmoqchi ekanini yozgan edi.