O‘zbekistonliklar qanday yirik xaridlarga pul sarflashadi
eʼlon qilindi
Tadqiqot Markaziy bank tomonidan o‘tkazildi

Markaziy bank kuzatuviga ko‘ra, 3-chorakda respondentlarning taxminan beshdan bir qismi avtomobil sotib olishga pul sarflagan.
So‘rov qatnashchilaridan 18,2% avtomobil sotib olgan. Keyingi pog‘onada esa ta’lim turibdi (15,8 %). Birinchi uchlikka davolanish xarajatlari kiritilgan (11%).
Keyingi uch oy ichida fuqarolarning xohish-istaklari o’zgaradi. Ta’lim birinchi o’rinda turadi. Respondentlarning 15,3% ushbu maqsadlar uchun pul sarflashni rejalashtirmoqda. Ikkinchi o’rinda uyni ta’mirlash xarajatlari (10,6%). Mashina sotib olish uchinchi o’rinda turadi (9,8%).

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston MB banklar uchun avtokreditlar berishda yangi cheklov joriy qildi, deb xabar bergan edi.