Yoz kabi. O‘zbekistonga quyoshli ob-havo qaytadi
eʼlon qilindi
Sinoptiklar prognoziga ko'ra

Bu hafta O‘zbekistonda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kunduzi +21…+24°, baʼzi joylarda +25…+27° gacha isiydi. Sinoptiklarning qayd etishicha, bu ko‘rsatkichlar iqlim me’yoridan 5…8° ga yuqoriroq.
Hafta oxiriga qadar Toshkentda havo harorati kunduzi +21…+23°, kechasi +5 dan +10° gacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 14-noyabr kuni Toshkent viloyatida +15…+20° issiq bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar