Bavariya futbol klubi rekord darajada daromad oldi

eʼlon qilindi
Sof foydasi 35,7 mln yevroga yetdi
Foto: zloyel / depositphotos.com

Myunxenning Bavariya klubi o‘tgan moliyaviy yilda daromadning sezilarli darajada oshgani haqida xabar berdi.

2022-2023-yilgi mavsumda guruhning umumiy daromadi 854,2 mln yevroni tashkil etdi. Soliq to‘lashdan oldingi daromad (EBT) uch baravar ko‘payib, 17,1 mln yevrodan 54,5 mln yevroga ko‘tarildi. Shu tariqa, futbol klubi yil davomidagi sof foydasi 35,7 mln yevroga yetdi, bu avvalgi mavsumdagidan 23 mln yevroga ko‘p.

Bavariya 31-marotaba yilni foyda bilan yakunladi. Jahon futbolida hali bunaqasi bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda futbol maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish ta’qiqlandi, deb xabar bergan edik.

Shuningdek