Markaziy bank banklar va toʻlov tizimlari serverlariga xakerlik hujumi sodir etilganini rad etdi

eʼlon qilindi
Ilgari Humo ham xuddi shunday murojaat bilan chiqqan edi
Foto: Unsplash

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda serverlarni buzish va bank kartalari ma’lumotlarini oʻgʻirlash haqidagi ma’lumotlar yolgʻon, deb xabar qildi Markaziy bank.

Regulyator ma’lumotlariga koʻra, xakerlar respublika banklari va toʻlov platformalari serverlariga hujum qilmagan. Markaziy bank ularning ishi barcha xavfsizlik qoidalariga muvofiqligini ta’kidladi.

Humo toʻlov tizimi bank kartalaridan pul oʻgʻirlangani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini aytdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu to‘lov tizimi kartalaridan 57 milliard so‘m o‘g‘irlangani haqida ma’lumot tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» «Kasperskiy laboratoriyasi» ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekiston tez-tez kiberhujumlarga uchrab turishi haqida yozgan edi.

Shuningdek