Navoiy shahrida 25 metrlik kabob tayyorlandi
eʼlon qilindi
National Food Fest festivali doirasida
Navoiyda National Food Fest festivali bo‘lib o‘tdi, unda 25 metrlik kabob tayyorlandi, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanali.
Festival shaharning yangi gastronomik ko’chasida bo’lib o’tdi. Tadbir turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Festival doirasida oshpazlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Pazandachilik tanlovida Akram Toshpo‘latov g‘olib bo‘ldi.
Avvalroq, «Kursiv» Chimkentda palov tayyorlash tanlovi o‘tkazilgani haqida yozgan edi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan mutaxassislar ishtirok etdi.