Yangiliklar

OKMK yarim milliard dollarlik mahsulot eksport qildi

O'n oylik natijalar asosida
Foro: Unsplash

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida OKMK xorijga 557,2 mln dollarlik mahsulot yetkazib berdi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Mazkur davrda kombinat tomonidan 47 ming tonna mis mahsulotlari, 36,5 ming tonna sink mahsulotlari eksport qilindi.

Bugungi kunda zavod Markaziy Osiyo, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga 20 turdan ortiq mahsulot yetkazib bermoqda.

Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, kompaniya yanvardan oktyabrgacha 7 trln soʻm soliq toʻlagan.

OKMK hisobotiga ko‘ra, 2023-yil oktabr oyi boshiga sof foyda 4,5 trln so‘mni tashkil qilgan. Daromad – 22,6 trillion so‘m.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yil davomida OKMK tomonidan 947,5 mln dollarlik mahsulot eksport qilingani haqida xabar bergan edi.