Onix avtomobillari qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Eng arzon modeli (Onix LS MT) uchun narx 19% ga oshdi
Foto: www.autostrada.uz

UzAuto Motors Onix avtomobillari narxini oshirdi. Chevrolet.uz saytida yangi narxlar haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Eng arzon avtomobil modeli (Onix LS MT) uchun narx 19% ga oshdi. Ilgari mashina uchun 149 mln to’lash kerak edi, endi esa 176,9 mln. 1LT MT modeli endi 155 mln o‘rniga 180,8 mln turadi. 4LT LTZ Turbo AT modeli 199,9 mln turadi (ilgari – 185 mln). Chevrolet Onix Premier 1 uchun endi 211,9 mln to’lash kerak (ilgari – 207,3 mln). Chevrolet Onix Premier 2 modeli endi 214,7 mln o‘rniga 219,6 mln turadi.

Premier 2 Plus (221,6 mln) va Redline komplektatsiyasi (230,624 mln) narxlari o‘zgarishsiz qoldi.

Avvalroq, Cobalt, Gentra va Damas uchun shartnomalar tugagani haqida, ma’lumot bergan edik.

Shuningdek