O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun jazoni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi Oliy Majlis palatalari matbuot xizmati.
Xususan, dronlarni noqonuniy olib kirish, sotib olish va ulardan foydalanish uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda.
Mazkur jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksini jarima va axloq tuzatish ishlari bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.
2019-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda dronlarga egalik qilish va ulardan foydalanish uch yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ayrim davlat idoralari ularni import qilishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning Fly and See kompaniyasi Navoiyda dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini yozgan edi.