Yangiliklar

QIWI O‘zbekistonni tark etadi

Ilovasi 18-dekabr kuni ishlamay qoladi
Foto: Knews.kg

QIWI Uzbekistan ilovasi 18-dekabr kuni ishlamay qoladi. Xizmatlar endi bitta QIWI ilovasida mavjud bo‘ladi. Rubl yoki tengeda yangi hamyon yaratish uchun faqat o‘zbek telefon raqami kerak bo‘ladi.

Kompaniya 18-dekabrgacha Uzcard va HUMO kartalariga pul yechib olishga yoki xizmatlar uchun haq to‘lab sarflashga chaqirdi.

16-noyabrdan boshlab hamyon balansida pulni saqlash uchun har kuni 75 ming so‘m komissiya olinadi.

«Bu zaruriy chora, chunki QIWI Uzbekistan ilovasi yopilyapti va biz mijozlarimizning pullarini ushlab tura olmaymiz. Iltimos, pullaringizni tezroq chiqarib oling! 18 dekabrdan keyin hamyoningiz balansidan pul yechib olish uchun ariza yozishingiz kerak bo’ladi. Shuning uchun pulingizni imkon qadar tezroq yechib olishni tavsiya qilamiz» — deyiladi kompaniya xabarida.

O‘zbekistondagi hamyondan boshqa davlatdagi hamyonga pul o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi. Sababi – O‘zbekiston regulyatori tomonidan barcha xalqaro pul o‘tkazmalari barcha to‘lov tizimlari uchun cheklov oʻrnatildi.

Oʻzbekistonda hamyon faqat mahalliy xizmatlar uchun toʻlovlar va mahalliy bank kartalariga oʻtkazmalarni amalga oshirishga ruxsat bergani sababli yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

«Shu bilan birga, deyarli 90% foydalanuvchilar hamyonimizdan maxsus xorijiy xizmatlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanganlar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan barcha to‘lov tizimlariga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli ushbu xizmatlar hozirda mavjud emas», — deyiladi kompaniya xabarida.

Sentyabr oyida kompaniya O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan cheklovlarga duch keldi. Tashkilot bir necha turdagi operatsiyalarni, jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalarini ham to‘xtatdi.