Ozodjon Norboyev «Toshkent suv ta’minoti» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu haqdagi qaror «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Dilshod Azimov tomonidan qabul qilindi.
Ishga kirishgunga qadar «Toshkent suv ta’minoti» MChJ bosh muhandis va direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning kuzida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada suv taʼminoti tizimini yangilash boʻyicha topshiriq bergan edi.
Yil oxirigacha mamlakatda 12 ming km suv tarmog‘i ta’mirlanadi. Shu bilan birga, 1 mln ortiq odam birinchi marta toza suvga ega bo‘ladi.
Avvalroq, «Kursiv» Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangani haqida yozgan edi.