O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga “yashil” energiya yetkazib berishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Shu maqsadda tomonlar qo‘shma kompaniya tashkil etishni rejalashtirgan
Foto: Qozog‘iston energetika vazirligi

Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston Respublikasi Yevropa mamlakatlariga «yashil» energiya eksporti bo‘yicha korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bitim uch mamlakat energetika va iqtisodiyot vazirlarining Bokudagi uchrashuvida qabul qilindi.

Tomonlar Markaziy Osiyodan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qayta tiklanadigan elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlarni (TSh) tayyorlashga kelishib olishdi. Shu bilan birga, mahsulotlar Ozarbayjon orqali yetkazib beriladi.

Shu maqsadda energetika sohasida hamkorlikda ishlash, yashil vodorod va ammiak eksporti bo‘yicha TSh ishlab chiqadigan ishchi guruh tuziladi. Loyihada zarur infratuzilmani tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Texnik shartlar asosida dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Ushbu loyiha uchun qo’shma kompaniya tuziladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda «yashil» energiya quvvati 8 GVtgacha oshirilishi, xabar qilingan edi.

Shuningdek