O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston bojxonada elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etishga kelishib oldi, deb xabar berdi Sputnik.
Tegishli bayonnomani Afgʻoniston savdo vazirligi rahbari Nuriddin Azizi, Pokiston savdo vaziri Ahmad Faruqi va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev imzoladi.
Shuningdek, mamlakatlar mintaqaviy hamkorlikni yaxshilash va qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni rivojlanishiga kelishib oldilar.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘lni ta’mirlashini e’lon qilgan edi.