Turkmanistonning Lebap viloyatida yashovchi o‘zbeklar O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqda. O‘zbek aholisining eng ko‘p ko‘chishi Kerki va Do‘stluk shaharlari, shuningdek, Amudaryo va Kerkichi qishloqlarida kuzatilmoqda, deb yozadi «Xronika Turkmaniston» nashri.
Birinchidan, ko‘chib o‘tishni xohlovchilar turistik vizalar bilan Buxoro viloyatidagi qarindoshlarinikiga borishadi – qolish va vaziyatni o‘rganish uchun.
Keyin xotinlar va bolalar O‘zbekiston Respublikasiga jo‘nab ketishadi, erkaklar esa hujjatlarni yig‘ib, migratsiya xizmati bilan masalalarni hal qilib, mol-mulkini sotishadi.
Bir necha yil avval, O‘zbekiston Respublikasi chet el fuqarolari uchun kirish va yashash uchun ruxsatnoma olish qoidalarini soddalashtirgandan so‘ng, emigratsiya oqimi kuchaydi.
Lebaplik o‘zbeklar yaxshiroq hayot izlab Turkmanistondan o‘z tarixiy vataniga kelmoqda. Qolaversa, mamlakatda o‘zbek maktablari, madaniyat markazlari, ommaviy axborot vositalarining kamayib borayotgani ularga yoqmaydi.
«Xronika Turkmaniston» muxbirlarining yozishicha, turkman chegarachilari O‘zbekistonga kelgan har bir kishini so‘roqqa tutadi: ular safar maqsadi bilan qiziqadi, ular ketayotgan qarindoshlarining ism-sharifi va manzilini aytib berishni talab qiladi.
Vizaning amal qilish muddati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, chegarachilar bir hafta ichida qaytish zarurligi haqida aytib, aks holda kishini qochqin deb e’lon qilinishi bilan tahdid qilishadi.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil boshidan buyon 2,2 ming O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash uchun Rossiyaga ko‘chib o‘tganini yozgan edi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan oqim ikki barobarga oshdi.