Bekmurodov: O‘zbekiston deputat Tolstoyning tomorqasi emas

eʼlon qilindi
Oliy Majlisning deputati Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi o‘rinbosarining taklifiga javob berdi
Foto: Bobur Bekmurodovning Telegramdagi kanali

O‘zbekistonda rus tili erkin muloqot uchun qo‘llaniladi, bu Rossiya uchun ittifoqchi davlat maqomiga mos keladi. Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisining o‘rinbosari Pyotr Tolstoyning rus tili davlat tili hisoblanmagan postsovet mamlakatlari fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklash to‘g‘risidagi taklifi bu maqomga to‘g‘ri kelmaydi, dedi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov.

«O‘zbekiston Deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emas. O‘z mamlakati va fuqarolari muammolari bilan shug‘ullansin. O‘zbekistonda rus tili erkin muloqot tili. Biz ittifoqchi mamlakat maqomiga mos ishlayapmiz. Deputat Tolstoy esa yo‘q», — deb yozdi Bekmurodov Telegram’dagi kanalida.

Bir kun avval «Kursiv» Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan postsovet respublikalaridan kelgan muhojirlarni jamoat joylarida ishga olmaslikni taklif qilganini yozgan edi. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisining o’rinbosari sobiq Sovet Ittifoqi hududida ular ingliz tilini o’rganishga va «ruscha nutqni o’z milliy tillariga siqib chiqarishga» ko’proq tayyor ekanligidan shikoyat qildi.

Belarusiya hududida Rossiya Federatsiyasidan tashqari rus tili rasmiy til hisoblanadi. Qozogʻiston va Qirgʻizistonda rasmiy til, Tojikistonda millatlararo muloqot tili hisoblanadi.

Shuningdek