Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasida o‘zbek xalqiga duo qildi
eʼlon qilindi
Davlat rahbari Surxandaryoga bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi dinshunos olim Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.
Prezident tashrifi chog‘ida mulla Qur’on oyatlari va duo o‘qib, o‘zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilashini so‘radi.
Davlatimiz rahbari diniy arboblar bilan suhbatda bugungi kunda dunyoda kechayotgan ziddiyat va urushlardan afsusda ekanini bildirdi.
Mirziyoyev yoshlarga tinchlik-osoyishtalikning ahamiyatini, Termiziy kabi ajdodlarimizning ilmiy-maʼrifiy merosini yetkazish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda Termiz shahrida ilmiy konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.