Si va Bayden nimaga kelishib olishdi
Amerikaning San-Fransisko shahrida AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari bir qator kelishuvlarga erishdilar, Si Tszinpin davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning porloq kelajagiga ishonch bildirdi, deb yozadi «Sinxua» axborot agentligi.
Shunday qilib, uchrashuv yakunlari bo‘yicha AQSh va Xitoy oliy darajadagi harbiy aloqalarni tiklaydi, giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh tuzadi va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar olib boradi. Bundan tashqari, mamlakatlar o‘rtasidagi reyslar soni ortadi.
Muzokaralarda Si Baydenni Xitoyning tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashga va Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi.
Xitoy rahbari, shuningdek, AQSh bilan munosabatlarning kelajagi porloq ekanligiga ishonishini aytdi. Si davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni tan oldi, lekin ular hurmat va o’zaro manfaatli hamkorlik asosida tinch-totuv yashashga to’sqinlik qilmasligini aytdi.
«Kursiv» yozganidek, Si Xitoyga 15-noyabr kuni yetib keldi. Mutaxassislar Xitoy rahbari va Bayden o’rtasidagi muzokaralarda harbiy hamkorlik, Tayvan atrofidagi vaziyat va opioid fentanilning AQShga kirib borishi mavzulari ko’rib chiqilishini taxmin qilishdi.