Toshkentda 20 mingga yaqin uy gazsiz qoldi
eʼlon qilindi
Payshanba kuninig oqshomiga qadar
16-noyabr, payshanba kuni Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 20 ming xonadonda ta‘mirlash ishlari sababli gaz o‘chirildi, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt».
Soat 17:00 gacha Chilonzor tumanidagi «Zarqo‘rg‘on», «Fidokor», «Navbahor», «Katta Navbahor», «Qutarma», «Naqqo‘shlik», «Botirma» mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi gazsiz qoldi.
Uchtepa tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on“, “Qo‘rg‘ontepa“, “Ko‘xna Cho‘ponota“, “Bog‘obod“, “Bog‘iston“, “Birlik“, “Nayman“, “G‘uzor“ mahallalarida gaz yo‘q.
Mazkur hududlarda 143 ulgurji iste’molchida ham gaz o‘chirildi.
«Kursiv» xabar berishicha, Rossiya O‘zbekistonga xomashyo tranziti hisobiga transport imkoniyatlarini qayta konfiguratsiya qilmoqda va yer osti gaz omborlarini kengaytirmoqda.