Bugun Toshkentda boks bo‘yicha katta turnir bo‘lib o‘tadi
eʼlon qilindi
Tadbir soat 18:00 da boshlanadi
Boks kechasida markaziy jangida O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi jangga ko‘tariladi.
Bahodir Jalolov – Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari chempioni. U 2018-yilda professional darajadagi birinchi jangini o‘tkazgan va g‘alaba bilan yakunlagan.
Kris Tompson – Janubiy Afrikalik bokschi. U olti yildan beri professional sportchi sifatida faooliyat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari boshqa janglar ham bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan boshqa bokschilar vatan sharafini himoya qilishadi.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentga Tayson keladi, deb xabar bergan edi.