Mirziyoyev: Surxondaryo ertapishar mahsulotlar yetishtirishda yetakchi boʻlishi kerak

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kelgusi yilda shu maqsadda dalalarning perimetri bo‘ylab mini issiqxonalar o‘rnatiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ertapishar mahsulot yetishtirishda Surxondaryo viloyati birinchi o‘rinda turishi kerakligini aytdi.

Biroq viloyatda serhosil urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta’minlashda muammolar mavjud. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 10 ta hududda in vitro laboratoriyalar tashkil etish topshirildi.

Bundan tashqari, kelgusi yilda dalalar perimetri bo‘ylab 100 mini quritish, saralash va qadoqlash uskunasi hamda 70 mini muzlatgich o‘rnatiladi. Ushbu qurilmalarni o‘rnatish uchun yer bepul beriladi.

100 ming gektar maydonda mini issiqxonalar o‘rnatish orqali yosh piyoz, brokkoli, rozmarin, rukkola, timyan, qizil rayhon, yalpiz yetishtirish mumkin bo‘ladi.

Termiz qishloq xo‘jaligi texnologiyalari institutiga Italiyaning Tushiya universiteti va «Sivi Italia» uyushmasi bilan birgalikda intensiv urug‘chilik bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Bu yerda afg‘on shamoliga va qurg‘oqchilikka chidamli navlar yetishtiriladi, in vitro laboratoriya va 20 issiqxona ochiladi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Yoshlar industrial-tadbirkorlik» zonasiga tashrif buyurgan edi.

Shuningdek