Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida logistika va turizmni rivojlantirish masalalarini ko‘tardi.
Ayni paytda 75 mln dollarlik «Termiz» xalqaro savdo markazi qurilmoqda.»Termiz» bojxona posti uning hududiga ko‘chiriladi. U yerda «yagona darcha», notariuslar va banklar ham ochiladi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz Sariosiy tumanida 6 gektar maydonda «Transport-logistika markazi» tashkil etish, Bandixon shahridagi «Tangi-mush» stansiyasida eksport uchun yuklarni ortish-tushirish xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Termiz, Jarqo‘rg‘on, Uzun va Sariosiyo shaharlarida asosiy yo‘l yoqasida logistika va servis markazlari ochiladi.
Avvalroq, prezident Surxondaryo ertapishar mahsulotlar yetishtirishda yetakchi bo‘lishi kerakligini aytgan edi.