O‘zbekiston Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi
eʼlon qilindi
Turkmaniston terma jamoasi safida Meylis Durdiev hisobni ochgan bo‘lsa, O‘zbekiston uchta gol urdi
Ashxobodda O‘zbekiston – Turkmaniston uchrashuvi yakuniga yetdi. 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib turgan O‘zbekiston, 1:3 hisobida irodali g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar gol urib, tanaffusga yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni tenglashtirdi va yana ikkita javobsiz to‘p kiritdi.
Turkmaniston safida Meylis Durdiev hisobni ochdi. O‘zbekiston terma jamoasida esa Otabek Shukurov ikkita gol urdi va uchinchi golni Eldor Shomurodov o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turniri doirasida Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi, deb xabar bergan edi.