O‘zbekistonda Turkiya texnologiyasidan foydalangan holda, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida mevaning eksport qilinadigan namunali bog‘i barpo etiladi. Bu haqda 15-noyabr kuni tadqiqot instituti direktori Fozil Boyjigitov va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Ali Rizo Tezjan kelishib oldi.
Bog‘ olimlar va selektsionerlar uchun tajriba maydonchasiga aylanadi. Bu yerda ilg‘or resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, mevalarning yangi eksport navlari va duragaylarini yaratish va joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, bog‘da fermerlar qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatiladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda arman o‘riklarini Armanistonning o‘ziga qaraganda arzonroq yetishtirishni o‘rgangani haqida yozgan edi.