Yangiliklar

O‘zbekistonda 192 mingdan ortiq QQS to‘lovchilari ro‘yxatga olingan

Soliq qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchi korxonalar soni 192 mingtadan oshdi, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkichlar 13,2 foizga yuqori bo‘ldi.

Ushbu soliqni toʻlovchi kompaniyalar asosan savdo (59 ming), qishloq xoʻjaligi (48 ming) va sanoat (27 ming) sohalarida toʻplangan.

Eng koʻp QQS toʻlovchilar Toshkent shahrida (43 mingta) va Qashqadaryo viloyatida (17 mingta) roʻyxatga olingan.

Avvalroq Kursiv yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda 68 ming xususiy kompaniya hisoblangani haqida yozgan edi.