Osiyo chempionatida dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida eng ko‘p medal qo‘lga kiritishdi
Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa reytingida birinchi bo‘lishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi.
Bizning dzyudochilarimiz jami yettita oltin, uchta kumush va oltita bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medallari sovrindorlari – Rustam Shorahmatov (-100 kg), Mahmudjon Mahsudov (+100 kg), Barchinoy Qodirova ( -70 kg), Shirinjon Yoʻldosheva (-78 kg), Fotima Quramboyeva (+78 kg),Gulhayo Jo’rayeva (-52 kg), Farangiz Redjepova (-57 kg).
Kumush medallari sovrindorlari – Shahzodxo‘ja Sharipov (-81 kg), Zamohshari Bekmurodov (-60 kg), Muhammadyahyo Muhammadjonov (-66 kg).
Bronza medallari sovrindorlari – Ahror Ziyodullaev ( -81 kg), Alisher Samanov ( -90 kg), Abdulloh Xudoyorov ( +100 kg), Sarvinoz Husanova (- 63 kg), Mohlaroyim To‘xtamisheva ( +78 kg), Hojiakbar Toshev (-73 kg)
Avvalroq, «Kursiv» dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bergan edi.