Ertangi futbol uchrashuvida kim g’alaba qozonadi, Eronmi yoki O’zbekistonmi?

eʼlon qilindi
"Kursiv" o‘yindan oldin ekspertlik xulosasini oldi
Foto: O‘zbekiston futbol asotsiyatsasi

21-noyabr kuni Bunyodkor stadionida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi JCh-2026 saralash bosqichida o‘yinga tushadi.

«Kursiv» futbol mutaxassisi va Championat.asia sport sayti bosh muharriri Narzullo Saydullaevni o‘yindan oldin ekspertlik xulosasini oldi.

«So‘nggi yillarda azaliy raqibga aylanib borayotgan ikki terma jamoa o‘rtasidagi bahs qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Eron terma jamoasi doim bizga noqulay raqib bo‘lib kelgan. O‘zaro o‘tgan 12ta o‘yinning faqatgina bittasida O‘zbekiston g‘olib bo‘lgan: 2012 yil Tehronda. Yana bitta bahsda durang qayd etilgan, qolgan 10ta uchrashuvda forslarning qo‘li baland kelgan. Oxirgi 7 ta o‘zaro to‘qnashuvning barchasida Eron g‘olib bo‘lgani O‘zbekistonning imkoniyatlarini biroz pasaytiradi. Ammo biz o‘z maydonimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz. Shunday ekan bo‘lajak bahsda vakillarimizdan faqat g‘alaba kutamiz. Barcha faktorlarni hisobga olib uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etiladi deb o‘ylayman», – javob berdi futbol eksperti.

Mazkur bahs soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o’tgan xaftada O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini g‘alaba bilan boshladi. O‘zbekiston Turkmaniston terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shuningdek