Amazon bepul AI kursini ishlab chiqdi
Dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformasi Amazon texnik xodimlar uchun sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha bepul onlayn kurslarni ishlab chiqdi. Shuningdek, kompaniya o‘rta maktab va kollej o‘quvchilariga sun’iy intellekt asoslarini o‘rganish uchun stipendiyalar taklif qiladi, deb xabar berdi The Messenger.
Onlayn kurs sakkizta o‘quv blokidan iborat bo‘ladi. Tugallangach, foydalanuvchilar generativ AIni ishlab chiqishlari va foydalanishlari mumkin bo’ladi. 2025-yilga borib 2 million kishi bilim olishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, kollej va o‘rta maktab o‘quvchilari Amazon stipendiyalariga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu dunyoning ta’lim olish imkoniyati yetarli bo‘lmagan qismlarida 50 ming talaba uchun mo‘ljallangan. Grant oluvchilar generativ AIning asosiy tushunchalarini o‘rganishlari mumkin bo‘lib, maksimal o‘qish mukofoti 12 million dollarni tashkil qiladi.
«Sun’iy intellekt bizning avlodimizning dunyoni o‘zgartiruvchi texnologiyasi bo‘ladi. Ammo sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan ishchi kuchi yetarli bo‘lmasa, u o‘z potentsialini ochib bera olmaydi», — dedi Amazon’ning ma’lumotlar bazalari, tahliliy va mashinalarni o‘rganish bo‘yicha vitse-prezidenti Svami Sivasubramyan ta’lim tashabbuslarining boshlanishi haqida.
«Kursiv» O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasi qanday rivojlanayotgani haqida yozgan.