Eron bilan o‘yinda Oston O‘runov va Igor Sergeev O‘zbekistonni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
eʼlon qilindi
O‘yin durang bilan yakunlandi
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida JCh-2026 saralash bosqichi Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo’limda mehmonlar kuchliroq bo’lib, ikkita gol urishdi. 18-daqiqada Eron himoyachasi Ramin Rizoyan hisobni ochdi va 38-daqiqada Mehdi Taremi darvozabon bilan birga bir chiqib ikkinchi golni kiritdi.
Ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston terma jamoasi muhlislar oldida ozini ko‘rsatdi. Oston O’runov himoyachilarni xatosidan unumli foydalanib 52-daqiqada hisobni qisqartirdi (1-2). Zahiradan tushgan Igor Sergeev 83- daqiqada terma jamoamizni mag‘lubiyatdan qutqardi.
O‘zbekiston-Eron bahsi 2-2 bilan tugadi.
Avvalroq, «Kursiv» futbol uchrashuvida Oʻzbekiston yoki Eron gʻalaba qozonishi haqida maqola yozgan edi.