Fitch UzAuto Motors reytingini “BB-” darajasida tasdiqladi
Fitch Ratings AJ «UzAuto Motors» uzoq muddatli emitent defolt reytingini BB- (Barqaror) darajasida tasdiqladi va 2025-yil uchun EBITDA prognozini 10,7% 9% tushirdi.
Agentlikning fikricha, kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan aloqasi va hukumatning avtomobil ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlari mustahkamligicha qolmoqda. Bu UzAuto Motors Fitch reytingini O‘zbekistonning suveren reytingi bilan tenglashtirish imkonini beradi.
Fitch Ratings shuningdek, korxonaning yevroobligatsiyalar chiqarilishidan keyin xalqaro kapital bozorlariga chiqishini ehtimoliy defoltga qarshilik ko‘rsatuvchi omillardan biri deb ataydi. Bundan tashqari, Fitch tahlilchilarining fikriga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchisi— hukumat uchun ishonchli shaxs sifatida harakat qiladigan kam sonli emitentlardan biridir.
Agentlikning eslatishicha, UzAuto Motors General Motors kompaniyasi bilan uzoq muddatli litsenziya shartnomasi asosida ish olib boradi va chet ellik raqobatchilardan muqobil takliflar bo‘lishi mavjudligiga qaramasdan, kompaniyaning defolti yangi avtomobillarni yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlarga olib keladi.
«Oxirgi ikki yil ichida tartibga solish muhiti import bojlari pasayganligi sababli yengillashgan, biroq UzAuto Motors avtomobillariga talab yuqoriligicha qolmoqda va kompaniya O‘zbekistonda dominant sotuvchi bo‘lib qolmoqda. UzAuto Motors mahalliy bozorga eng hamyonbop avtomobillarni yetkazib beradi va biz qisqa muddatda uning avtomobillarini boshqa xorijiy brendlarga o‘zgartirish qiyin bo‘lishiga ishonamiz», — deyiladi Fitch nashrida.
Agentlik kompaniyaning boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga nisbatan zaifroq biznes profilini ishlab chiqarish ko‘lamining cheklanganligi, kichik assortimenti va O‘zbekistondagi savdo konsentratsiyasi bilan izohlaydi. Boshqa avtogigantlar bilan raqobat kuchli brendning yo‘qligi bilan ham to‘sqinlik qilmoqda.
UzAuto operatsion faoliyati butunlay GM litsenziyasiga bog‘liq bolib, u oxirgi texnologik bilimlardan foydalanish imkonini beradi.
Fitch 2023-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchining rentabelligi bozorga chiqadigan C klassli va undan yuqoriroq avtomobillar sonining ko‘payishiga qaramay, pasayishini kutmoqda. Bu xomashyo va butlovchi qismlar narxining tez o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu faqat qisman yuqori narxlar bilan qoplanadi.
Agentlik o‘rta muddatli EBITDA rentabellik prognozini 2025-yil uchun 10,7% dan 9% gacha pasayganini qayta ko‘rib chiqdi.