Mirziyoyev: eng avvalo, yer hisobini joy-joyiga qo‘yish shart

eʼlon qilindi
Yer va binolar hisobdan o‘tmagan
Foto: Prezident matbuot kotibi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan oqilona foydalanish va ko‘chmas mulkni hisobga olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi ko‘chmas mulkning bozor qiymati hisoblanmagan bo‘lib, 44,8 mln gektar yer maydoni, 8,3 mln bino va inshootning mulk tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mavjud bino va inshootlarning taxminiy kadastr qiymati 70 mlrd dollarni tashkil etadi. Ammo ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar ko‘p.

«Bunga yerning bozor qiymatini ham qo‘shsa, bilasizlarmi aholi va tadbirkorlarda qanchadan-qancha iqtisodiy aktiv bo‘ladi»– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Biroq, bunga erishish uchun, birinchi navbatda, yer uchastkalarini hisobga olish tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Ayrim hokim va vazirlar haligacha bu masalaga e’tibor qaratgani yo‘q, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ymagan.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev jahon moliya institutlari mablag‘laridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek