O‘n oy ichida O‘zbekistonga 5,5 million xorijlik fuqarolar kelgan

eʼlon qilindi
Ularning aksariyati qarindoshlarinikiga kelgan
Foto: Nicole Ashley Rahayu Densmoor / Pexels.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 5,5 million chet el fuqarosi kelgan, deb xabar qildi Statistika agentligi.

Ulardan 4,6 million xorijlik fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelishgan. Xorijdan mamlakatimizga hordiq chiqarish uchun 659,9 ming, mehnat maqsadida 115,9 ming mehmon kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning o‘n oyida O‘zbekistonga 628,9 ming rossiyalik kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek