O‘zbekiston va Rossiya transport qonunchiligi buzilishi bo‘yicha ma’lumot almashadi

eʼlon qilindi
Mamlakatlar rasmiylari 2023-yilgi Transport haftaligi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashdi
Foto: O‘zbekiston transport vazirligi

O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi va Rossiya transport sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi mamlakatimizning tegishli idorasi.

Hujjatni tuzilmalar rahbarlari Jamshid Karimov va Viktor Basargin «Transport haftaligi – 2023» Moskva forumi doirasida imzoladi.

Memorandum huquqni qo‘llash bo‘yicha tajriba va huquqbuzarliklar haqida ma’lumot almashishni nazarda tutadi. Bitim temir yoʻl va avtomobil transporti sohasiga, shuningdek, avtomobil yoʻl sohasiga taalluqlidir.

O‘zbekiston va Rossiya vakillari transport sohasini raqamlashtirish va unga boshqa zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ish olib borishga kelishib oldilar.

«Kursiv» Rossiya temir yo‘llari sho‘ba korxonasi Ulyanovsk viloyatidan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi poyezdlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek