O‘zbekistonda bolalarni zo‘rlaganlar reestri yaratiladi

eʼlon qilindi
Ularga bolalar muassasalarida ishlash taqiqlanadi
Foto: Piqsels.

Oʻzbekistonda qotillar va bolalarni zoʻrlaganlar reestri yaratiladi, deb xabar qildi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva oʻzining Telegram-kanalida.

Shuningdek, unga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografiyani tarqatuvchi yoki ularni fohishalikka jalb qiluvchi fuqarolar ham kiritiladi.

«Eng muhim va e’tiborli tomoni shundaki, reyestrga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi..», — dedi Narbayeva.

Narbayeva ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilganini qo‘shimcha qildi. Endilikda bolalarga nisbatan jinsiy yoki boshqa turdagi zo‘ravonlik sodir etgan fuqarolar bolalar sport va ijodiy muassasalarda ishlay olmaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkent viloyatida Milliy gvardiyaning sobiq xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun 15 yilga qamalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek