O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi ketma-ket o‘ninchi oy pasaymoqda
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda gaz qazib olish oʻninchi oy ketma-ket pasaymoqda.
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida respublikada 38,9 milliard kub metr gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 9,5 foizga kam.
Bu davrda neft qazib olish 656,2 ming tonnadan 648,4 ming tonnaga qisqardi.
Joriy yilning noyabr oyi boshida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov mavjud gaz konlari O‘zbekiston ehtiyojlarini qondirmaydi, degan edi.
Mamlakat ichida koʻk yoqilgʻining taqchilligi Toshkentni uni chet eldan – Rossiya va Turkmanistondan sotib olishga undadi, deya qoʻshimcha qildi Energetika vazirligi rahbari.
Avvalroq, «Kursiv» Gazprom O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikka intilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.