Xorazmda noqonuniy mayning-ferma aniqlandi

eʼlon qilindi
1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan
Foto: Energetika vazirligi

«O‘zenergoinspektsiya» xodimlari Xorazmning Urganch tumanida noqonuniy mayning-ferma aniqladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, 228,8 kVt quvvatga ega ferma 1,6 mlrd soʻmlik zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kriptovalyuta mayningini faqat kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda, mayning-fermalar faqat quyosh elektr stantsiyalariga ulanishi kerak.

Joriy yilning yozida Oliy Majlis Senati qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalarni qabul qildi, unga ko‘ra, noqonuniy mayningchilar 49,5 mln so‘m jarimaga tortiladi.

Oktyabr oyi boshida Istiqbolli loyihalar bo‘yicha Milliy agentlik (ILMA) mayning uchun litsenziyalar berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Avvalroq, «Kursiv» Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari noqonuniy mayning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagani, haqida yozgan edi.

Shuningdek