Chevrolet Cobalt O‘zbekistonda ko‘proq ishlab chiqarila boshlandi
2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda 89,4 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish 10 foizga oshdi. 2021-yilda 52,4 ming dona Cobalt avtomobillari ishlab chiqarildi, bu joriy yilga nisbatan 70 foizga kam.
Damas avtomobillarini ishlab chiqarish 17 foizga oshib, 69,3 mingtaga yetdi. Gentra modeli haqida gapiradigan bo‘lsak, 2022 yilda 72,3 ming dona, 2023 yilda esa 65,6 ming dona ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birga, Chery ishlab chiqarish 24 baravar ko’paydi, 2022 yilda 351 ta, 2023 yilda esa 8,5 mingta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Gentra, Cobalt va Damas modellari shartnoma e’lon qilinganidan keyin bir yarim soat ichida sotilib ketgani haqida yozgan edi.