Ko‘chmas mulk bozori oktabr oyida qanchaga pasaydi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 25,4% oshdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ko‘chmas mulk bozoridagi o‘zgarishlarni tahlil qilgan so‘nggi ma’lumotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik oktabr oyida sekinlashishda davom etdi, sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 10% ga pasaydi.

Oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 23 mingga nisbatan 21 mingtani tashkil etdi. Eng katta pasayish Surxondaryo viloyatida – 30 %, Namanganda – 24 % va Jizzaxda – 23 % kuzatildi.

Uy bozorida o‘rtacha faollik saqlanib qolgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida o‘sish mos ravishda 12 va 0,8% tashkil etdi. Poytaxt viloyatida sotuvlar bir oyda atigi 1,7%, Toshkentda esa 3,2 % kamaydi, bir oy avvalgi ko‘rsatgich 24% tashkil qilgan edi.

Ko’chmas mulk savdosi o‘tgan yilga nisbatan 7% kamaydi. Sotishning eng yuqori qisqarishi Toshkentda – 27%, Jizzaxda – 19% va Sirdaryoda – 15% kuzatildi. Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51% ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari oy davomida 1,6 foizga oshdi. Eng yuqori o‘sish Bektemir – 3,2%, Yashnobod – 2,7% va Mirzo Ulug‘bek – 2,4% tumanlarida kuzatildi. O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 25,4% oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda aholi o‘z mablag‘lari hisobidan ko‘proq uy-joy sotib olishni boshladi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek