«Jakarta» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida JCh nimchorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Angliyani 2-1 hisobida yengdi.
Birinchi bo‘limi boshida Amirbek Saidov 4-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 36- daqiqada esa inglizlar safida Joel Ndala hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym 1-1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni 67- daqiqasida Lazizbek Mirzayev jarima zarbasini aniq ijro etdi va terma jamoamizga chorak finalga yo‘llanma olib berdi. Hisob 2-1 bo‘ldi.
Chorak finalda raqibimiz Fransiya yoki Senegal bo‘ladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyaga qarshi bahs olib boradi, deb xabar bergan edi.