Pokiston 2024-yilda BRIKSga qo‘shilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Islomobod ushbu tashkilotga kirish uchun ariza topshirgan
Foto: Unsplash

Pokiston kelasi yili BRIKSga a’zo bo‘lishni kutmoqda, dedi Pokistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Muhammad Xolid Jamali «TASS»ga.

Diplomatning qoʻshimcha qilishicha, Islomobod davlatlararo assotsiatsiyaga a’zo boʻlish uchun ariza bergan. Jamali Rossiya bu borada uning davlatiga yordam berishiga umid bildirdi.

Janubiy Afrika rasmiylariga ko‘ra, 30 ta davlat BRIKSga qo‘shilish uchun ariza bergan. Ular orasida Belarus, Qozog‘iston, Falastin, Gonduras va Argentina bor.

Eslatib o‘tamiz, Argentinaning yangi rasmiylari hali bu alyansga a’zo bo‘lishdan manfaatdor emas. Mamlakatning saylangan prezidenti Xaver Mayli avvalroq Argentinaning BRIKSga kirishiga qarshi chiqqan edi.

Maylining so‘zlariga ko‘ra, Buenos-Ayresning ustuvor yo‘nalishi AQSh va Isroil bilan yaqin iqtisodiy hamkorlik bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya Federatsiyasi SHHT va BRIKS valyutalarida to‘lovlarni joriy etish tarafdori ekanini e’lon qilgan edi.

Shuningdek