Rossiyaning “XimAgro” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
Kompaniya allaqachon mamlakatda tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazgan
Rossiyaning «XimAgro» kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻgʻitlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati.
Kompaniya allaqachon O’zbekistonda o’z tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazgan va respublikada korxona yaratish ustida ishlamoqda.
«XimAgro» 2004 yilda Nijnekamsk shahrida tashkil etilgan. Kompaniya o’g’itlar savdosiga ixtisoslashgan.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqand viloyatida Rossiya-O‘zbekiston «Shchelkovo Agroxim Uzbekistan» korxonasi tashkil etilgani haqida yozgan edi.