UzAirways avtobus va samolyot to‘qnashganini tasdiqladi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi avtobusning Airbus A320Neo samolyoti bilan to‘qnashganini tasdiqladi.
Hodisa 17-noyabr, juma kuni poytaxt aeroportida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda samolyotga borib urilgan. Natijada samolyotning burun konusi shikastlangan.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, aviatexniklar samolyot pardasini tiklagan va ertasi kuni samolyot parvozga ruxsat berilgan.
Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea haqida xabarlar 17-noyabr kuni paydo boʻlgan, biroq oʻshanda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» va «Oʻzbekiston aeroportlari» bu holatga izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» «O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent va Xabarovsk o‘rtasidagi parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishini yozgan edi.