Yangiliklar

Andijon hokimiyati yangi gripp tarqalishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Viloyat shifoxonasi odatdagidek ishlamoqda
Foto: Andijon viloyati hokimiyati

Andijon viloyati hokimiyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noma’lum shaklli grippning viloyatda tarqalishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Andijonda noma’lum gripp tarqalayotgani, viloyat markaziy shifoxonasida oʻrinlar yetarli emasligi, bemorlar yoʻlaklarga yotqizilayotgani haqida yozishgan.

«Viloyat hokimiyati matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan voqea joyiga borgan, biroq hech qanday fakt qayd etilmagan. Kasalxona yo‘laklari bo‘m-bo‘sh, palatalarda joy yetarli. Kasalxona odatdagidek ishlamoqda», — deyiladi hokimiyat xabarida.


Viloyat hokimiyati yolg‘on ma’lumot tarqatmaslikni so‘radi.

Avvalroq, «Kursiv» SES ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda qizamiq bilan bogʻliq vaziyat nazorat ostida ekani, ommaviy kasallik holatlari aniqlanmagani haqida xabar bergan edi.