Janubiy Koreya O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirishga yordam beradi

eʼlon qilindi
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi bilan tegishli shartnoma imzolandi
Foto: Korea Airports Corporation

Uzbekistan Airports va Korea Airport Corporation (KAC) oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi, deb xabar qildi KAC matbuot xizmati.

«Biz korporatsiyaning aeroport sohasidagi 43 yillik tajribasi va unga aloqador texnologiyalarni baham ko‘rish orqali O‘zbekistonda aviatsiya sanoati rivojiga hissa qo‘shamiz», — dedi korporatsiya prezidenti Xyun Jung Yun.

Shuningdek, u KAC oʻzbekistonlik hamkasblariga aviatsiya kadrlarini tayyorlash masalalari boʻyicha maslahat berishini qoʻshimcha qildi.

KAC 1980-yilda Seulda tashkil etilgan. Korporatsiya aeroportlarni qurish va boshqarish, shuningdek, aviatsiya sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda kompaniya Janubiy Koreyada 14 ta aeroportni boshqaradi.

Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airports Xalqaro aeroportlar kengashi bilan hamkorlikni tiklayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek