Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona yana 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun 1 milliard 200 million so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan, dedi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov.
Mazkur tashabbus yoshlarda kitobxonlikka qiziqishni oshirishga qaratilgan.
Kutubxona joriy yilning oktabr oyida kuniga 24 soat tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Amaldagi jadvalga ko‘ra, kutubxona 8:00 dan 21:00 gacha, dam olish kunlari esa 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Avvalroq, «Kursiv» Respublika bolalar kutubxonasi uch yildan so‘ng ish boshlagani haqida yozgan edi.