Mirziyoyev: Oʻzbekiston YUNESKO konferensiyasini oʻtkazish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi

eʼlon qilindi
Tadbir 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda YUNESKO konferensiyasini yuqori saviyada o‘tkazish uchun respublika barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini aytdi.

«Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman»- dedi davlat rahbari.

Prezident Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi va mintaqa davlatlarining imkoniyatlarini namoyon etishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 22-noyabr kuni YUNESKO konferensiyasining 42-sessiyasi raisi Simona-Mirela Mikulesku tashkilotning navbatdagi sessiyasi mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» oktabr oyida YUNESKO O‘zbekiston tashabbusi bilan axborotdan foydalanish bo‘yicha rezolyutsiyani ma’qullagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek